Simeone derbida Vinisiusni qanday zararsizlantirish yo'lini topdi
7 YANVAR, 2026, 09:18
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid derbisida Vinisius Juniorni zararsizlantirish rejasini ishlab chiqdi.
"Matraschilar" 8 yanvar, payshanba kuni Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida "Real"ga qarshi bahs olib boradi. Diario AS xabariga ko'ra, Simeone Vinisiusni zararsizlantirish uchun Markos Lorenteni unga biriktirgan. 30 yoshli ispaniyalik o'ng qanot himoyachisi sifatida asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start olishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi bahslari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
