logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanseluning Barselonaga qachon kelishi ma'lum bo'ldi

 7 YANVAR, 2026, 08:42

"Barselona" "Al-Hilol"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma imzolashni yakunlamoqda.

Kataloniya klubi portugaliyalikni maoshining bir qismini to'lash sharti bilan mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Jijantes'ning ma'lum qilishicha, futbolchining Kataloniya poytaxtiga kelishi juma kuniga rejalashtirilgan - xuddi shu kuni tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Kelishuv qachon rasman e'lon qilinishi hozircha noma'lum - bu Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletik" Bilbaoga qarshi o'yin natijasiga bog'liq.

Joau Kanselu 2023/24 yilgi mavsumda ham "Barselona" sharafini himoya qilgandi - o'shanda "ko'k-anorranglilar" uni "Manchester Siti"dan ijaraga olgandi. Saudiya Arabistonini tark etishga qaror qilgan 31 yoshli futbolchiga Milanning "Inter" klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ