logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Mareska «Chelsi»dan bo'shatilganidan so'ng xayrlashuv maktubini e'lon qildi

 6 YANVAR, 2026, 23:24

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska 2024 yil yozidan buyon o'zi boshqarib kelgan London klubi bilan xayrlashdi. Payshanba kuni, 1 yanvar sanasida «ko'klar» italiyalik mutaxassis bilan hamkorlik to'xtatilganini ma'lum qildi.

«Bu dunyoni unga kelgan paytingizdagidan bir oz yaxshiroq holatda qoldiring».

«Mening “Chelsi” bilan yo'lim Konferentsiyalar ligasining saralash bosqichlaridan boshlangan edi. Men bu kabi nufuzli klub — “Chelsi”ni u munosib bo'lgan joyda qoldirib, ichki xotirjamlik hissi bilan ketyapman.

So'nggi 18 oy davomida qo'llab-quvvatlagan barcha “Chelsi” muxlislariga minnatdorlik bildiraman. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz Chempionlar ligasiga chiqish, Konferentsiyalar ligasida g'alaba qozonish va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu g'alabalarni men doimo qalbimda saqlayman!

Bu ajoyib sayohatda menga hamroh bo'lgan barcha futbolchilarga alohida rahmat aytaman. Har bir lahzani men bilan baham ko'rgan insonlarga mavsumning ikkinchi yarmida va kelajakda katta omad tilayman. Raxmat senga, “Chelsi”, mendan va oilamdan», — deb yozdi Mareska ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ