logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya klublari "Zenit" futbolchisi uchun 10 million evro sarflashga tayyor

 6 YANVAR, 2026, 22:36

A Seriyaning ikki klubi "Zenit"ga himoyachi Nino transferi uchun 10 mln evro atrofida taklif bilan chiqmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-oq-havoranglilar" 28 yoshli futbolchining transferi uchun 10-12 million evro so'ramoqda. Braziliyada esa Ninoga "Fluminense" va "Palmeyras" klublari hamon qiziqish bildirmoqda.

Nino 2024 yil qishida "Fluminense"dan Sankt-Peterburg klubiga o'tgan edi. Shu vaqt mobaynida himoyachi barcha musobaqalardagi 68 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ