logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xumoyunmirzo Iminov: «Bunday atmosferada o'ynashni niyat qilgandim»

 6 YANVAR, 2026, 16:06

«Andijon» klubining yangi mavsum oldidan amalga oshirgan navbatdagi transferlaridan biri — Xumoyunmirzo Iminov bo'ldi. 25 yoshli iste'dodli yarim himoyachi endilikda bor e'tiborini «Burgutlar»ning g'alabalariga qaratgan.

Klub matbuot xizmati Xumoyunmirzo Iminov bilan suhbat uyushtirdi.

Xumoyunmirzo, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklifni qabul qilishda kim bilan maslahatlashdingiz?
— Avvalo, Andijon muxlislariga assalomu alaykum. Taklif masalasida dadam va akam bilan maslahatlashdim.

Rostini aytsam, shunday taklif bo'lishini kutganmidingiz va uni qanday qabul qildingiz?
— To'g'risini aytsam, taklif bo'lishini kutmagan edim. Lekin bunday atmosferada o'ynashni niyat qilgandim. Shu sababli taklifdan juda xursand bo'ldim.

Bilasiz, bu mavsumda jamoaning maqsadlari va rejalari katta. Tarkib kuchaytirilmoqda, raqobat ham yuqori bo'ladi. O'zingizni ko'rsatishga tayyormisiz?
— Men ham jamoaga qo'ldan kelgancha maqsad va rejalarni amalga oshirish yo'lida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Men raqobatga tayyorman. Xudo xohlasa, o'zimni yaxshi taraflama ko'rsatishga harakat qilaman.

«Burgutlar» a'zosiga aylanishingizni faoliyatingizda qanday bosqich deb baholaysiz?
— Yuqori bosqich, deb hisoblayman. Xudo xohlasa, bu mening futbolchi sifatida o'sishimga yordam beradi.

O'zingiz uchun raqam tanladingizmi?
— 10 va 11-raqamlarni juda yoqtiraman. Shulardan birini tanlagan bo'lardim.

«Andijon»ga o'tganingizdan keyin sizni birinchi bo'lib kimlar tabrikladi?
— Dadam, onam va akam birinchi bo'lib tabriklashdi.

Muxlislar uchun nima demoqchisiz?
— Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilaman va jamoamizning yaxshi natijalar qayd etishida o'z hissamni qo'shish uchun bor kuchimni sarflayman.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ