"MYu"dagilar Sulsherning jamoani boshqarishni istayotganidan xabardor
6 YANVAR, 2026, 13:54
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaning sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsherning jamoa bosh murabbiyligiga qaytish istagidan xabardor.
Avvalroq, "MYu"da ishlagan norvegiyalik mutaxassis "qizil iblislar"ni qisqa muddatga, ya'ni 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar boshqarmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, klubda doimiy murabbiy tasdiqlangunga qadar yarim yil davomida mankunianliklarni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxati tayyorlanmoqda.
