logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yoshko Gvardiol og'ir jarohatiga munosabat bildirdi

 6 YANVAR, 2026, 13:42

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol og'ir jarohati fonida bayonot berdi.

"Bu og'ir lahza, lekin u meni hech qachon sindirmaydi. Kimligimni, qaerdan kelganimni bilaman! Cheksiz qo'llab-quvvatlov uchun "Siti" muxlislariga rahmat! Men sizni yaxshi ko'raman va "Manchester Siti" jangchisi kabi kuchliroq bo'lib qaytish uchun har kuni kurashaman," - deb yozdi Gvardiol ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq, "Manchester Siti" Yoshko Gvardiolning o'ng oyog'i katta boldir suyagi singanini ma'lum qilgandi. Jarohat APL doirasidagi "Chelsi"ga (1:1) qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida olindi. Himoyachi shu haftada operatsiya qilinishi kerak. Shikastlanish darajasini va tiklanish muddatlari bo'yicha prognozni aniqlash uchun tekshiruv davom etmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ