Frank Ruben Amorimning iste'fosiga munosabat bildirdi
6 YANVAR, 2026, 13:18
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Ruben Amorimning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganiga munosabat bildirdi.
Klub portugaliyalik mutaxassisning ketishini 5 yanvar kuni e'lon qilgandi.
"Agar siz asosiy xodimlarni o'zgartirsangiz, barqaror muvaffaqiyatga erishish juda qiyin. Masalan, murabbiy, sport direktori. Eng yaxshi klublar - bu hamma birgalikda ishlaydigan klublar: xo'jayinlar, rahbariyat va murabbiy - "Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mankunianliklarni jamoaning sobiq yarim himoyachisi Darren Fletcher boshqaradi.
