logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arman Carukyan - Dastin Pore jangi bo'yicha muzokara boshlandi

 6 YANVAR, 2026, 09:16

"Hype FC" turnirida SHarabutdin Magomedovga qarshi o'tkazgan greppling bahsida katta shov-shuvga sabab bo'lgan Arman Carukyanning ishtahasi ochildi.

U fevral oyida qo'lqopsiz janglar ligasi bayrog'i ostida jang o'tkazishi mumkin, uning potencial raqiblaridan biri amerikalik Dastin Pore hisoblanmoqda.

Bu haqda tashkilot hammuassisi Armand Martirosyan malum qildi.

"Dastin Pore bilan fevral oyida Armanga qarshi bo'lib o'tadigan greppling bahsini muhokama qilyapmiz. U hali shartnoma imzolagani yo'q, ammo biz muzokara olib boryapmiz va u chindan ham Armanning raqibiga aylanishi mumkin. Agar o'xshamasa, bizda yana bir yigit bor, uning qaytishini butun MMA hamjamiyati kutmoqda. Kimligini aytolmayman, lekin ertaga u bilan gaplashib olishimiz kerak. Hamma uning qaytishini kutmoqda. Bu Armanning SHaraga qarshi bellashuvidan ham shov-shuvli bo'ladi", - dedi Martirosyan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ