Turkiya Superkubogi. «Galatasaroy» «Trabzonspor»ni yirik hisobda taslim qilgan holda finalga yo'l oldi (video)
6 YANVAR, 2026, 07:34
"Galatasaroy" Turkiya Superkubogi yarim finalida "Trabzonspor"ni mag'lub etdi - 4:1.
"Galatasaroy" safida Barish Yilmaz, Eren Elmali, Yunus Angyun va Mauro Ikardi o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. "Trabzonspor"ning yagona goli Felipe Augusto hisobiga yozildi.
"Galatasaroy" finalda "Fenerbaxche" - "Samsunpor" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Manba: stadion.uz
