logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» ikki etakchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

 6 YANVAR, 2026, 07:30

Himoyachi Janluka Manchini va yarim himoyachi Brayan Kristante "Roma" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, italiyalik futbolchilar bilan har ikki shartnoma bo'yicha kelishuvlarga deyarli erishilgan.

29 yoshli Manchini "Roma" safida 2020 yilning sentyabridan buyon to'p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda u 24 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

30 yoshli Kristante 2019 yilning iyulidan beri "Roma"da. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ