"Manchester Yunayted" muxlislariga xushxabar bor!
5 YANVAR, 2026, 23:06
Yarim himoyachi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o'yinida maydonga tushishi mumkin.
Centredevils.co.uk xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi maydondagi mashg'ulotlarga qaytgan va 7 yanvar kuni Angliya Premer-ligasining 21-turidan o'rin olgan "Byornli"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni maqsad qilgan. "Qizil iblislar" etakchisi tom ma'noda murabbiylar shtabidan ushbu uchrashuvda o'ynashga ruxsat berishni iltimos qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Brunu Fernandesh dekabr oyi o'rtalarida "Aston Villa"ga qarshi o'yinda tizza osti payidan jarohat olgan edi. Joriy mavsumda portugaliyalik Manchester klubi safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
