logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

WTA reytingi. Ikkinchi raketkamiz o'zgardi. Vice-chempionligini himoya qila olmagan tennischimiz 349 ochko yo'qotdi

 5 YANVAR, 2026, 13:00

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning 2026 yil hisobidan ilk reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennis malikalarimizdan ikki nafari ko'tarildi. Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova 6 pog'onaga yuqorilab, 91-o'ringa joylashdi. O'tgan yili Brisben turniri finalida Arina Sobolenkoga yutqazib, vice-chempionga aylangan Polina Kudermetova bu yilgi musobaqada qatnashmadi va buning ortidan 349 ochko yo'qotdi. Polinaning 63 o'ringa pastlashi natijasida  yana bir mahalliylashtirilgan tennischimiz Mariya Timofeeva ikkinchi raketkamizga aylanib oldi. U 5 pog'onaga ko'tarildi. 

Qolgan tennischilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, to'rtinchi raketkamiz Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson hamda Vlada Yakshibarova o'tgan haftadagi o'rinlarida o'zgarishsiz qolishdi. Sevil Yuldasheva 4, Milana Maslenkova 3, Nigina Abduraimova esa 68 pog'onaga pastlagan. Diana Yakovleva 1 o'ringa holatini yaxshilab oldi.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Amanda Anisimova vatandoshi Koko Goff bilan o'rin almashib oldi. Amanda endi sayyoramizning uchinchi raketkasi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. 


WTA reytingi. 5 yanvar kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10490 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8178

3. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287

4. (3) Koko Goff (AQSH) - 6273

5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850

6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583

7. (7) Medison Kiz (SSHA) - 4335

8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4236

9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4125

10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

91 (97). Kamilla Rahimova – 802

138 (143). Mariya Timofeeva – 513

104 (104). Polina Kudermetova – 410 (-349)

880 (880). Layma Vladson – 30

1070 (1070). Vlada Yakshibarova – 16  

1197 (1194). Milana Maslenkova – 11 

1276 (1272). Sevil Yuldasheva – 8

1390 (1322). Nigina Abduraimova – 5 (-2)  

1477 (1478). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ