logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shirer: "Rays - har qanday murabbiyning orzusi"

 5 YANVAR, 2026, 10:36

Angliyalik afsonaviy sobiq hujumchi Alan Shirer "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni "Bornmut"ga qarshi o'yinda (3:2) xavbek dubl qayd etdi va "kanonirlar"ga g'alaba keltirdi.

"Deklan - har qanday murabbiyning orzusi. U ishga ajoyib munosabatda bo'ladi, o'yinlarni juda kamdan-kam hollarda o'tkazib yuboradi. U maydonga tushganida har doim o'n ballik shkala bo'yicha kamida sakkiz oladi. Ajoyib o'yinchi," - deya Alan Shirerning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.

8 yanvar kuni Mikel Arteta jamoasi o'z uyida "Liverpul"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ