logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu "Barselona"ga qaytish fikrida

 5 YANVAR, 2026, 10:24

"Al-Hilol" futbolchisi Joau Kanselu qishki transfer oynasida "Barselona"ga qaytishga umid qilmoqda.

Saudiya klubi milanliklar bilan qanot himoyachisining ijarasi bo'yicha kelishib bo'lgan, biroq futbolchining o'zi "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishga umid qilmoqda. Diario Sport xabariga ko'ra, portugaliyalik tom ma'noda "Barsa"ga qaytish fikrida. Kanselu yana kataloniyaliklar safida to'p tepishni juda istardi, ammo jiddiy muammo bor - uning maoshi. Lateral yiliga 15 million evro maosh oladi - bu La Liga grandi uchun juda katta summa. Transfer amalga oshishi uchun "Al-Hilol" maoshning katta qismini o'z zimmasiga olishi kerak bo'ladi.

Joau Kanselu 2023-2024 yillarda "Manchester Siti"dan ijara asosida "Barselona"da o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ