"Agar faoliyatim cho'qqisida bo'lganimda, yarim og'ir vaznda hukmronlik qilardim" - Korme
5 YANVAR, 2026, 08:16
UFC’ning sobiq chempioni Daniel Korme yarim og'ir vazn toifasida yuqori darajadagi grepplingga ega jangchilar yo'q, deb hisoblaydi."Agar hozir faoliyatimning eng cho'qqisida bo'lganimda, yarim og'ir vaznda to'liq hukmronlik qilgan bo'lardim. U erda umuman kurashchilar yo'q. Jiddiy aytyapman. Yuqori darajada grepplingga ega jangchilar yo'q. Men hammani osongina yo'q qilgan bo'lardim.
Aleks Pereyra bilan jang qilish qiziq bo'lardi, chunki u eng katta yulduz — har qanday jangchi esa pulga qiziqadi. Lekin unda ham kurash yo'q", — dedi Korme.
Manba: olamsport.com
