logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gonsalo Garsiya 2015 yildan beri "Real"ning "mukammal" xet-trik qayd etgan beshinchi futbolchisi bo'ldi

 5 YANVAR, 2026, 08:06

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya La Liga 19-turidan o'rin olgan "Betis"ga (5:1) qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

21 yoshli futbolchi "ideal xet-trik" qayd etdi - chap oyoq, o'ng oyoq va bosh bilan gol urdi. Madrid Xtra xabariga ko'ra, Garsiya 2015 yildan buyon bunday natija qayd etgan "qaymoqranglilar"ning beshinchi futbolchisi bo'ldi. Bu natijaga Krishtianu Ronaldu uch marta, Karim Benzema, Garet Beyl va Rodrigo bir martadan erishgandi.

E'tiborlisi, yakshanba kungi "Betis"ga qarshi bahsga qadar Gonsalo Garsiya joriy mavsumda gol urmagan edi. Ispaniyalik futbolchi kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushadi, chunki uning raqobatchisi hozirda jarohat olgan Kilian Mbappe hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ