"Chelsi" navbatdagi o'yinni yangi murabbiy qo'l ostida o'tkazadi
5 YANVAR, 2026, 05:36
Liam Rosenor "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishga yaqin turibdi. Agar kutilmagan hech narsa yuz bermasa, 41 yoshli murabbiy "ko'klar" boshqaruvidagi ilk o'yinini 7 yanvar, chorshanba kuni, Premer-liga doirasida "Fulxem"ga qarshi o'tkazadi, deb xabar bermoqda jurnalist Aleks Kruk.
Yakshanba kuni "Chelsi" "Manchester Siti"ga qarshi bahsda durang o'ynadi (1:1). London jamoasini yoshlar jamoasi murabbiyi, vaqtincha boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen boshqargan.
Liam Rosenor bir yarim yil davomida "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Entso Mareskaning o'rnini egallaydi.
