logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. «Inter» «Bolonya»ni engib, peshqadamlikka qaytdi (videosharh)

 5 YANVAR, 2026, 04:48

"Inter" Italiya chempionatining 18-turida o'z maydonida "Bolonya"ni mag'lub etdi - 3:1.

Mezbonlar safida gollarga yarim himoyachi Petr Zelinski, hujumchilar Lautaro Martines va Markus Tyuram mualliflik qildi. Mehmonlar safida yagona gol hujumchi Santyago Kastro hisobiga yozildi.

"Bolonya" barcha musobaqalarda 4 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. U 17 o'yindan so'ng 26 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. "Inter" (17 o'yindan keyin 39 ochko) esa 1-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda "Bolonya" 7 yanvar kuni "Atalanta"ni qabul qiladi. "Inter" shu kuni "Parma" mehmoni bo'ladi.

Inter - Bolonya - 3:1

Gollar: Zelinski, 39 (1:0). Martines, 48 (2:0). Tyuram, 74 (3:0). Kastro, 83 (3:1)

Inter: Zommer, Akandji, Bastoni (Karlos Augustu, 75), Bissek, Zelinski, Xakan Chalxanoglu (Suchich, 67), Barella (Mxitaryan, 67), Dimarko, Luis Enrike, Tyuram (Lavelli, 83), Martines (Espozito, 75)

Bolonya: Ravalya, Xeggem, Lukumi (Vitik, 46), Likoyannis, Xolm (Zortea, 68), Moro (Pobega, 46), Fergyuson, Odgor (Froyler, 79), Kambyagi (Orsolini, 68), Rou, Kastro

Ogohlantirishlar: Xakan Chalxanoglu, 29. Bastoni, 30. Barella, 63 - Vitik, 72. Rou, 78. Likoyannis, 89

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ