logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. "Marsel" o'z maydonida autsayder "Nant"ga yutqazdi

 4 YANVAR, 2026, 22:24

Frantsiya Liga 1 17-turidan o'rin olgan "Marsel" - "Nant" uchrashuvi yakuniga etdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Marsel" yarim himoyachisi Artur Vermeren 26-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Faben Sentons hisobni ochdi. Goldan so'ng 32-daqiqada mezbonlar hujumchisi Bilol Nodir maydonga tushdi. Ikkinchi bo'limda Nodir 54-daqiqada sariq kartochka oldi, 56-daqiqada esa qoida buzgani uchun ikkinchi bor ogohlantirildi va maydonni tark etdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Remi Kabella penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarning ustunligini oshirdi.

Frantsiya chempionatida o'tkazilgan 17 uchrashuvdan so'ng "Marsel" ochkolarini 32taga etkazib, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. "Nant" 16-pog'onadan joy olgan, jamoa hisobida 14 ochko mavjud.

Marsel - Nant - 0:2

Gollar: Sentonz, 31 (0:1). Kabella, 88 - penaltidan (0:2)

Marsel: Ruli, Igan-Rayli (Traore, 73), Medina (Murilo, 46), Pavar, Vermeren, Xeyberg, Emerson, Vea, Grinvud (Guiri, 73), Payshan (Nadir, 32), Obameyang (O`Rayli, 61)

Nant: Antoni Lopesh, Kozza, Tati, Amyan, Machado, Sentonz (Dukure, 46), Koklen (Kabella, 58), Mvanga (Lepeno, 63), Ablen, Assumani (Leru, 58), El-Arabi (Girassi, 82)

Ogohlantirishlar: Nadir, 54 - Mvanga, 33. Assumani, 51. Girassi, 90

Chetlatishlar: Vermeren, 26. Nadir, 56 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ