logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. "Real" "Betis"ni tor-mor keltirgan o'yinda Garsiya xet-trik muallifi bo'ldi

 4 YANVAR, 2026, 22:18

Ispaniya Primerasining 18-turidan o'rin olgan "Real" - "Betis" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "qaymoqranglilar" 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Real" safida gollarga Gonsalo Garsiya (xet-trik), Raul Asensio va Fran Garsiya mualliflik qildi. "Betis"ning yagona goli Kucho Ernandes hisobiga yozildi.

"Betis" La Liga-2025/2026 mavsumi turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 18 o'yinda 28 ochko to'plagan. "Real" 19 o'yinda 45 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Barselona" 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Real - Betis - 5:1

Gollar: G. Garsiya, 20 (1:0). G. Garsiya, 50 (2:0). Raul Asensio, 56 (3:0). Ernandes, 66 (3:1). G. Garsiya, 82 (4:1). F. Garsiya, 90+3 (5:1)

Real: Kurtua, Raul Asensio, Ryudiger (F. Garsiya, 89), Karreras, Valverde, Kamavinga, Tchuameni (Sebalos, 81), Bellingem, Rodrigu (Arda Gyuler, 77), Vinisius Junior (Mastantuono, 77), G. Garsiya (Mendi, 89)

Betis: Vales, Natan, Bartra, Rodriges, Ortis (Belerin, 46), Deossa (Lo Selso, 46), Roka (Altimira, 67), Pablo Fornals, Ruibal (Rikelme, 67), Antoni (P. Garsiya, 88), Ernandes

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior, 53 - Ortis, 19

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ