Slot "Fulxem"ga qarshi o'yindan nimalarni kutayotganini aytdi
4 YANVAR, 2026, 18:42
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Fulxem"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi. APL 20-tur uchrashuvi 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
"Ular ko'p hujum qiladi va ko'p to'pga egalik qiladi. Ehtimol, bu avvalgisidan ko'ra ochiqroq o'yin bo'ladi. Bu qiyin o'yin, chunki biz safarda yutqazgandik," - deya Slotning so'zlarini keltiradi VVS.
Shuningdek, Slot klubning hozirgi pozitsiyasi adolatli natija ekanligini ta'kidladi.
