logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“North American Open 2025”: SHaxmatchimiz kuchli raqobatda chempion bo'ldi

 4 YANVAR, 2026, 15:16

AQSHning Las-Vegas shahrida mukofot jamg'armasi 130 000 dollarni tashkil etuvchi “North American Open 2025” xalqaro shaxmat turniri biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nufuzli musobaqa yakunlariga ko'ra, o'zbekistonlik shaxmatchilar kuchli xalqaro raqobat sharoitida yuqori natijalar qayd etib, mamlakatimiz shaxmat maktabining salohiyatini yana bir bor isbotlashdi.

Xususan, grossmeysterimiz Abdimalik Abdusalimov 125 nafar shaxmatchi o'rtasida 6,5 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibiga aylandi. Ikkinchi o'rin eronlik grossmeyster Gaem Magami Ehsonga, bronza medali esa hindistonlik grossmeyster Kustav CHatterjiga nasib etdi.

SHuningdek, hamyurtlarimizdan xalqaro toifadagi sport ustasi Muhammadali Abdurahmonov chempion bilan bir xil - 6,5 ochko bilan musobaqani qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-pog'onada yakunlagan bo'lsa, xalqaro toifadagi sport ustasi Saidakbar Saydaliev 5,5 ochko bilan 27-o'rinni egalladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ