logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alvares operaciya oqibatlari sabab kamar uchun jangdan bosh tortdi

 4 YANVAR, 2026, 13:16

Meksikalik bokschi Saul "Kanelo" Alvares jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish sabab vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun jangda ishtirok eta olmaydi.

Ushbu chempionlik kamari yaqinda faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan Terens Krouforddan keyin vakant, yani egasiz qolgandi. Bu haqda Bloody Elbow nashri xabar bermoqda.

Avvalroq IBF Alvares va majburiy davogar, kubalik mag'lubiyatsiz Osleys Iglesias bo'sh qolgan kamar uchun jang tashkil etilishi haqida xabar bergandi. Ammo 2025 yilning sentyabrida aynan Krouforddan uchralgan mag'lubiyatdan keyin tirsagini operaciya qildirgan Alvares reabilitaciya tufayli ushbu jangni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.

SHu tariqa, supero'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun Iglesiasga qarshi jang uchun navbatdagi ehtimoliy davogar Saulning hamyurti Xayme Munguia bo'ladi. IBF reytingida keyingi o'rinni egallab turgan Munguia 2024 yilning may oyida "Kanelo"ga yutqazgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ