logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gasperini "Roma"ning "Atalanta"dan mag'lubiyati haqida gapirdi

 4 YANVAR, 2026, 12:36

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriya 18-turidan o'rin olgan o'yinda jamoasi "Atalanta"dan yomon o'ynamaganini aytdi.

Bergamodagi uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Gasperini raqibga munosib baho berdi, ammo jamoasining o'yinini ham e'tirof etdi.

"Har qanday holatda ham yaratgan vaziyatlarimizdan mamnunman. "Atalanta"ga qarshi o'ynash oson emas, ammo raqibdan kuchsiz ko'rinmadik," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.

U "Roma"ning o'tkazib yuborgan to'pini alamli deb atadi.

"Roma" 33 ochko bilan beshinchi o'rinda qoldi. "Atalanta" sakkizinchi pog'onaga ko'tarildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ