logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bellingem «Real» rahbariyatidan transfer so'radi

 4 YANVAR, 2026, 12:36

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem klub rahbariyatidan "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni o'z safiga qo'shib olishni so'radi.

Bellingem bu istagini Uorton boshlang'ich tarkibni yoshartirish jarayonini davom ettirishi, shuningdek, uni mudofaa harakatlarida ishtirok etish zaruratidan ozod qilishi bilan izohladi.

E-Notícies xabariga ko'ra, ingliz klubi o'z etakchilaridan birini 80 mln evrodan kamiga bermaydi.

2025/2026 yilgi mavsumda Uorton 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

21 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ