Olmo: «Aql bovar qilmaydi»
4 YANVAR, 2026, 03:36
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo "Espanol"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) darvozabon Joan Garsiya haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"U aql bovar qilmaydigan odam. Bu top darvozabon. U sobiq muxlislari oldida ajoyib o'yin o'tkazdi. U bizga ko'p narsa berishda davom etadi," - dedi Olmo.
