"Bavariya" futbolchisi "Tottenxem" bilan muzokara boshladi
3 YANVAR, 2026, 23:36
"Bavariya" markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Yag'iz Sabuncho'g'lining xabariga ko'ra, myunxenliklar futbolchisining agenti "Tottenxem" bilan kelasi yozgi ehtimoliy transfer bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
Goretskaning "Bavariya" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. U yangi jamoasiga erkin agent sifatida o'tishi mumkin.
