logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. "Brayton" "Byornli"ni mag'lub etib, 6 o'yinlik g'alabasiz seriyasini to'xtatdi

 3 YANVAR, 2026, 22:00

Angliya chempionatining 20-turida "Brayton" o'z maydonida "Byornli"ni mag'lub etdi - 2:0.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Xaralampos Kostalasning uzatmasidan keyin Jorjino Ryutter hisobni ochdi. 47-daqiqada Yasin Ayyari mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

"Brayton" 6 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga barham berib, 28 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarilib oldi. "Byornli" (12) esa so'nggi o'rindan bir pog'ona oldinda, 19-o'rinda bormoqda. Jamoa so'nggi 11 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

Brayton - Byornli - 2:0

Gollar: Ryutter, 29 (1:0). Ayyari, 47 (2:0)

Brayton: Verbryuggen, Dank, van Xekke, Ferdi Kadioglu, Veltman, Gruda (Uotson, 87), Ayyari, Ryutter (De Keyper, 71), Mitoma (Gros, 71), Gomes (Milner, 80), Kostulas (Uelbek, 71)

Byornli: Dubravka, Xamfris, Ekdal, Loran, Lukas Pires, Uoker, Ugochukvu (Sonne, 55), Florentinu, Entoni (Banel, 81), Brun Larsen (Edvards, 55), Broyya (Chauna, 64)

Ogohlantirishlar: Loran, 22. Florentinu, 39. Xamfris, 44. Uoker, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ