"Al-Ittihod"ning niderlandiyalik vingeri jamoani tark etishi mumkin
3 YANVAR, 2026, 18:30
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi qanot hujumchisi Stiven Bergveyn yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi xizmatlariga Evropa va Yaqin Sharq klublarida qiziqish bor.
Transfermarkt portalida 12 million evroga baholanayotgan Bergveynning jiddaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. U 2024 yilning fevralida "Ayaks"dan 21 million evro evaziga jamoaga qo'shilgan edi. Stiven klub uchun jami 44 ta o'yinda 20 ta gol urib, 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
