Avliyoxon Hamidov va Konorning sparring-sherigi ham Mangu MMA 1 turnirida jang qiladi (FOTO)
3 YANVAR, 2026, 17:00
7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasi aralash yakkakurash bo'yicha Mangu MMA 1 turniriga mezbonlik qiladi.Liga matbuot xizmati yana ikki nafar sportchi bilan shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.
Unga ko'ra, ilk musobaqada o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustalari — Avliyoxon Hamidov hamda Bahromjon Ro'ziev ham oktagonga ko'tariladi.
Avliyoxon faoliyati davomida hozirgacha 20 ta jang o'tkazgan va 12 g'alaba, 7 ta mag'lubiyat, 1 ta durang qayd etgan. Bahromjon hisobida esa 7 g'alaba hamda 1 ta mag'lubiyat bor. U o'z vaqtida ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning sparring sherigi sifatida faoliyat olib borgan.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

Manba: olamsport.com
