logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi o'ziga berilgan o'yin amaliyoti haqida fikr bildirdi

 3 YANVAR, 2026, 15:42

"Manchester Siti"ning niderlandiyalik markaziy himoyachisi Natan Ake ingliz klubida qancha o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida gapirdi.

"Ronald Kuman menga bir necha bor ko'proq o'ynashimni xohlashini va agar ko'p o'ynamasam, meni chaqirish qiyinligini aytgan, bu aniq.

Har bir o'yinchi imkon qadar ko'proq o'ynashni xohlaydi. Aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, men har safar kurashishda davom etaman", dedi Ake.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum Angliya grand jamoasi safida 15 ta o'yinda 595 daqiqa harakat qildi. Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ