"Liverpul" Ekvador terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi
3 YANVAR, 2026, 15:24
Mersisaydliklar Ekvador terma jamoasining 21 yoshli markaziy himoyachisi Xoel Ordones bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda. Futbolchining transfer narxi 49,3 mln evroga baholanmoqda.
2022 yildan beri Ordones Ekvadorning "Independiente del Valle" klubidan o'tgan Belgiyaning "Bryugge" jamoasida o'ynamoqda. Manbalarning ta'kidlashicha, futbolchiga "Chelsi" da'vogarlik qilgan, ammo u bu rejalardan voz kechgan.
Joriy mavsumda Ordones klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi hisobida 1 ta gol bor.

