Iraola "Chelsi" bosh murabbiyiga aylanishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
3 YANVAR, 2026, 13:36
"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Chelsi"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.
"Men "Bornmut"da juda baxtliman. Meni bunday narsalar bezovta qilmaydi," - deya Iraolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Ispaniyalik mutaxassis 2023 yilning yozidan buyon "Bornmut"ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
