logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Isak - Angliya chempionatida mavsumning eng yomon transferi deb topildi

 3 YANVAR, 2026, 13:18

Mashhur Goal portali Angliya Premer-ligasining joriy mavsumidagi eng omadsiz transferlar ro'yxatini e'lon qildi.

Goal talqiniga ko'ra, eng yomon transfer 2025 yilning yozida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga 145 million evro evaziga o'tgan Aleksandr Isak bo'ldi. Kuchli uchlikdan Xarvi Elliott ("Aston Villa") va Arno Kalimuendo ("Nottingem Forest") joy oldi.

Shuningdek, ro'yxatdan Entoni Elanga ("Nyukasl"), Benyamin Sheshko ("Manchester Yunayted"), Viktor Dyokeresh ("Arsenal"), Milosh Kerkez ("Liverpul"), Jeydon Sancho ("Aston Villa"), Terno Barri ("Everton"), Jeymi Bayno-Gittens ("Chelsi") va Randal Kolo-Muani ("Tottenxem") joy olgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Isak "Liverpul" safida barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ