logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" himoyachisi "Al-Hilol"ga o'tishi mumkin

 3 YANVAR, 2026, 12:18

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Franchesko Acherbi "Al-Hilol" qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Saudiya klubi yozda italiyalik faxriyni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylab ko'rgan edi. Insayder Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, mavzu yana dolzarb - kelishuv yanvar oyida sodir bo'lishi mumkin. Muhokamalar allaqachon davom etmoqda.

"Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi bo'lib, u Acherbini "Inter"dagi birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi biladi. 37 yoshli markaziy himoyachining "neradzurrilar" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi va uning transfer narxi Transfermarkt portali talqiniga ko'ra 2,5 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ