logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun "Real" bilan Saudiyaga uchadi

 3 YANVAR, 2026, 12:18

8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida Madridning "Real" va "Atletiko" klublari o'zaro to'qnash keladi.

Hozirda jarohat olgan hujumchi Kilian Mbappe jamoa bilan Superkubok bahslari bo'lib o'tadigan Saudiya Arabistoniga uchib ketishi taxmin qilinmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Xose Luis Sanches. Shu bilan birga, manbaning aniqlik kiritishicha, frantsiyalikning derbida ishtirok etishi dargumon - katta ehtimol bilan u hatto zaxirada ham bo'lmaydi.

Ikkinchi yarim finalda "Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi bilan to'qnash keladi - bu o'yin 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Final 11 yanvarga belgilangan.

Kilian Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 29 ta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ