logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" va APL grandlari da'vogarlik qilayotgan Uortonning narxi ma'lum bo'ldi

 3 YANVAR, 2026, 10:18

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton Evropa grandlari nishonida qolmoqda.

"Burgutlar" rahbariyati 21 yoshli futbolchiga qiziqish ortib borayotganini eshitgan, shuning uchun u bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs.

Shu bilan birga, manba aniqlik kiritishicha, tomonlar o'rtasida "jentelmencha kelishuv" mavjud: agar futbolchi yangi kelishuvni imzolamasa, klub Chempionlar Ligasi ishtirokchilaridan biridan 60-65 million funt (68-75 million evro) miqdorida taklif tushganda uning transferiga to'sqinlik qilmaydi.

Adam Uortonga da'vogarlar qatorida ko'pincha "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari tilga olinadi. Transfermarkt saytidagi xavbekning narxi - 60 mln evro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ