logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya chempionati. «Al-Ahli» «An-Nasr»ni mag'lub etdi (video)

 3 YANVAR, 2026, 08:34

Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turida "Al-Ahli" o'z maydonida "An-Nasr"ni mag'lub etdi - 3:2.

Mezbonlar safida "Brentford" sobiq forvardi Ayvan Toni dublni rasmiylashtirdi. Ingliz 7- va 20-daqiqalarda gol urdi. G'alaba to'pini "Yuventus"ning sobiq himoyachisi Merix Demiral (55-daqiqa) kiritdi.

Mehmonlarning ikki goli Abdulloh Al-Amri (31 va 44) hisobiga yozildi. Krishtianu Ronaldu o'yinni to'liq o'tkazdi va gol ura olmadi.

O'yin oxirida ikkala jamoa ham o'n kishi bo'lib qoldi - qizil kartochkalarni "Al-Ahli" himoyachisi Ali Majashi va "An-Nasr" himoyachisi Navaf Al-Bushal oldi.

"Al-Ahli" (25 ochko) Saudiya Arabistoni chempionatida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "An-Nasr" (31) mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi, ammo turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.

Al-Ahli - An-Nasr - 3:2

Gollar: Toni, 7 (1:0). Toni, 20 (2:0). Al-Amri, 31 (2:1). Al-Amri, 44 (2:2). Merix Demiral, 55 (3:2)

Al-Ahli Jidda: Al-Sanbi, Beyker, Merix Demiral, Xavsavi (Abdulraxman, 81), Madjashi, Atangana, Al-Djoxani (Al-Muvallad, 90+3), Galeno, Al-Buraikan, Toni, Gonsalves (Abdulshamat, 77)

An-Nasr Ar-Riyod: Al-Akidi, Al-Amri (Al-Xassan, 90+3), Inigo Martines, Al-Nasser (Al-Bushal, 46), Al-Gannam (Yaxya, 46), Brozovich, Anjelu Gabriel (Garib, 86), Koman, Uesli Teysheyra (Al-Xaibari, 64), Krishtianu Ronaldu, Joau Feliks

Ogohlantirishlar: Atangana, 66. Al-Sanbi, 79. Abdulshamat, 90. Merix Demiral, 90 - Yaxya, 61. Inigo Martines, 89. Joau Feliks, 90

Chetlatishlar: Madjashi, 90. Al-Bushal, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ