logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya chempionati. Leauning yagona goli «Milan»ga «Kalyari» maydonida 3 ochko keltirdi (video)

 3 YANVAR, 2026, 08:00

Italiya chempionatining 18-tur o'yinida "Milan" "Kalyari"dan ustun keldi - 1:0.

Yagona golni portugaliyalik hujumchi Rafael Leau uchrashuvning 50-daqiqasida Adrien Raboning uzatmasidan keyin kiritdi.

"Milan" ochkolarini 38taga etkazib, turnir jadvalida bir o'yin kam o'tkazgan "Inter"ni ortda qoldirib, 1-o'ringa chiqib oldi. "Kalyari" esa 18 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

Kalyari - Milan - 0:1

Gol: Leau, 50 (0:1)

Kalyari: Kaprile, Rodriges, Luperto, Dzappa, Matstsitelli (Kavuoti, 83), Adopo, Prati (Idrissi, 61), Obert (Borrelli, 61), Palestra, Espozito (Gaetano, 66), Semix Kiiliichsoy (Pavoletti, 83)

Milan: Menyan, de Vinter, Bartesagi, Tomori, Rabo, Modrich, Fofana (Richchi, 69), Estupinyan (Gabbia, 79), Salemakers, Loftus-Chik (Pulishich, 79), Leau (Fyullkrug, 69)

Ogohlantirishlar: Idrissi, 83. Palestra, 90 - Salemakers, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ