logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: «Bizga yana bitta futbolchi kerak»

 2 YANVAR, 2026, 22:48

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida «Espanol»ga qarshi o'yin oldidan katalonliklarning ehtimoliy transferlari haqida fikr bildirib, jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.

«Himoya chizig'iga qarasam, bizga yana bitta futbolchi kerak, deb o'ylayman. Kutishga va vaziyatni kuzatishga to'g'ri keladi. Bu oqilona qadam bo'lishi kerak, yanvar oyida esa bu oson emas», — deya Flikning so'zlarini Sport.es keltiradi.

Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» himoyachisi Andreas Kristensen 21 dekabr kuni mashg'ulot paytida noqulay harakat oqibatida chap tizzasining old xochsimon bog'lamida qisman uzilish olgan edi. Undan oldin «Barselona» sardori Ronald Arauxo psixologik muammolar sabab ta'tilga chiqishga majbur bo'lgan. Ayni paytda urugvaylik futbolchi jamoa bilan mashg'ulotlarni qayta boshlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ