logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

ESPN «Chelsi»ni boshqarmaydigan murabbiylar nomini oshkor qildi

 2 YANVAR, 2026, 22:12

«Kristal Pelas» murabbiyi Oliver Glasner, «Marsel» ustozi Roberto De Dzerbi hamda «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Entso Mareska ishdan olinganidan so'ng Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko'rib chiqilmayapti. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, ushbu lavozimga asosiy nomzod — «Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rosenor hisoblanadi. Mutaxassis «Chelsi» rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan, ayni paytda London klubi "Strasburg" aktsiyalariga ham egalik qiladi.

Rosenor qo'l ostida «Strasburg» Frantsiya chempionatining 16 turidan keyin turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 23 ochko jamg'argan va peshqadam «Lans»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ