Arman Carukyan Islam Maxachev bilan greppling jangi haqida fikr bildirdi
2 YANVAR, 2026, 14:16
UFC’ning engil vazn toifasidagi reyting peshqadami Arman Carukyan promoushenning yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev bilan ehtimoliy greppling jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.Carukyanning aytishicha, yaqin vaqtda bunday jang bo'lishi qiyin.
— Islam Maxachev sen bilan greppling jangiga qiziqmasligini aytgan, chunki u UFC’da MMA qoidalari asosida chempionlik jangi uchun oladigan pulni bu erda ishlab topa olmaydi. Aytaylik, bu masalani yopish uchun birgalikda investor topib, jangni tashkil qilish imkoni bo'larmidi?
— Yaqin vaqtda bu to'qnashuv aniq bo'lmaydi. CHunki Islam UFC’da juda katta pul ishlab topyapti va hozircha kimdir bu miqdorda pul to'lay olishiga ishonmayman, — dedi Carukyan.
Manba: olamsport.com
