logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Fernandes «Chelsi»dan iste'foga chiqarilgan Mareskaga murojaat yo'lladi

 2 YANVAR, 2026, 12:06

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes 1 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan jamoaning sobiq bosh murabbiyi Entso Mareskaga murojaat qildi.

«Murabbiy, bu vaqt davomida birga boshdan kechirgan va bo'lishgan barcha narsalarimiz uchun rahmat! Sizdan juda ko'p narsani o'rgandim va har bir maslahatingizni qadrlayman. Sizga va murabbiylar shtabingizga — Villi, Dani, Robi, Markos va Mikkiga — eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Biz birgalikda ikki sovrinni qo'lga kiritdik, ularni hech qachon unutmayman. Barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman va umid qilamanki, yo'llarimiz yana kesishadi. Eng yaxshi tilaklar bilan», — deb yozdi Entso Fernandes ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 19 ta uchrashuvida londonliklar 30 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. «Chelsi» etakchi «Arsenal»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ