logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Neftchi» Turkiya yig'iniga yo'l olmoqda

 2 YANVAR, 2026, 10:54

Yangi mavsum oldidan puxta va tizimli tayyorgarlik ko'rayotgan «Neftchi» futbol klubi o'quv-yig'in mashg'ulotlarining birinchi bosqichini Turkiyada o'tkazadi. Jamoa a'zolari 3 yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent–Antalya aviayo'nalishi orqali Turkiyaga jo'nab ketadi.

Mazkur yig'in jarayonida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik va texnik tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaviy o'yinni shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

O'quv-yig'in mashg'ulotlariga jalb etilgan jamoa a'zolari bilan tanishtirib o'tamiz:

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Murabbiylar: Yurgen Gede, Antonio Sarioglu, Vitaliy Galat, Fakunda Stik
Selektsioner: Anvar Berdiev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev
Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzaev
Fizioterapevt: Javohir Elmurodov
Uqalovchilar: Ulug'bek Hamdamov, Sanjar Saidov
Ma'murlar: Aybek Aliev, Abduvali Yo'ldashev
Analitik GPS: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov

Darvozabonlar:
Akbar To'raev, Botirali Ergashev, Ibrohim Shokirov

Himoyachilar:
Muhsin Ubaydullaev, Anvar G'ofurov, Izzatillo Po'latov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Muhammadqodir Rasuljonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Nurmuhammad Abdug'aniev.

Yarim himoyachilar:
Abror Ismoilov, Ikrom Aliboev, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov, Xurshid G'iyosov, Farhod Sohibjonov, Daler Tuhsanov, Azizbek Erimbetov

Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Muratov

Shuningdek, legioner futbolchilar Boyan Tsiger, Yovan Jokich, Vladimir Yovovich va Zoran Marushich Belgrad–Antalya yo'nalishi orqali, Jurani Ferreira (Ratino) Goias–Antalya yo'nalishi orqali, Silvanus Nimeli esa Liberiyadan jamoa qarorgohiga etib keladi. Jamoaning tajribali himoyachisi  Farruh Sayfiev ma'lum sabablarga ko'ra yig'inga 7 yanvardan qo'shiladi.

Jamoaning yana ikki futbolchisi — Asilbek Jumaev va Rustambek Fomin ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Ularni yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi uchrashuvlari kutib turgani bois, mazkur musobaqa yakunlanganidan so'ng jamoamiz safiga qo'shilishlari rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ