"Hech kimda bahona qolmaydi". Garri - Maxachev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
2 YANVAR, 2026, 08:48
UFC yarim o'rta vazn toifasi jangchisi Ian Garri Islam Maxachev bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi."Agar men uni mag'lub etsam, bu vazn toifasidan qati nazar (pound-for-pound) sayyoramizdagi eng kuchli jangchini engganimni anglatadi. Islam Maxachev ustidan g'alaba qozonib, jahon chempioni unvonini qo'lga kiritganimdan keyin butun dunyoda hech kimda hech qanday bahona qolmaydi", — dedi Garri ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida.
Manba: olamsport.com
