«Lids» 25 yil ichida ilk bor «Liverpul»ga APLning har ikki o'yinida ham mag'lub bo'lmadi
2 YANVAR, 2026, 08:18
Angliya Premer-ligasida 19-turning so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi, "Lids" "Liverpul"ga qarshi o'yinda durang qayd etdi - 0:0.
Bu ushbu klublarning joriy mavsumdagi ikkinchi o'yini bo'ldi. Ularning birinchi davrada «Elland Road» stadiondagi o'yini 3:3 hisobida yakunlangandi.
Ma'lum bo'lishicha, "Lids" 2000/2001 yilgi mavsumdan buyon ilk bor APLda "Liverpul"ga ikki o'yinda ham mag'lub bo'lmadi. 25 yil oldin, "Lids" o'sha mavsumda o'tkazilgan har ikki o'yinda ham g'alaba qozongandi.
