«Siti» «Bornmut» bilan to'liq kelishuvga erishdi — manba
2 YANVAR, 2026, 07:48
Antuan Semenoning "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga o'tishi kelishib olindi, deya xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.
Klublar hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida.
Semenoning transfer sanasi bo'yicha aniqlik yaqin 24 soat ichida paydo bo'lishi kutilmoqda.
25 yoshli vinger joriy mavsum APLda 18 ta o'yinda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
