logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mareska iste'fosining asosiy sabablaridan biri aytildi

 2 YANVAR, 2026, 07:30

ESPN manbasiga ko'ra, "Chelsi" sobiq bosh murabbiy Entso Mareskining xatti-harakatlaridan xavotirga tushgan, chunki 45 yoshli mutaxassis rahbariyatga nisbatan noroziligini tobora ko'proq oshkora bildirayotgan edi.

1 yanvar kuni "Chelsi" 2024 yilning yozidan beri jamoani boshqarib kelayotgan italiyalik mutaxassisning iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Mareskaning noroziligi bir martalik mojaro bilan emas, balki futbolchilarga beriladigan yuklama bo'yicha tibbiy tavsiyalar yuzasidan kelishmovchiliklar bilan bog'liq bo'lgan.

Manbalarning ta'kidlashicha, Mareskaning ommaviy bayonotlari hatto uning o'z shtabi a'zolari uchun ham kutilmagan holat bo'lgan.

O'tgan oyda Mareska jamoadagi faoliyati davomida "eng og'ir 48 soat"ni boshdan kechirganini aytgan edi.

Londonliklar italiyalik murabbiy qo'l ostida Konferentsiyalar ligasi va klublararo jahon chempionati g'olibi bo'lishdi. 19-turdan so'ng "Chelsi" 30 ochko bilan APLda oltinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ