Rasman. Entso Mareska «Chelsi» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi
1 YANVAR, 2026, 18:00
Entso Mareska "Chelsi" bosh murabbiyligidan ketdi.
«Klubdagi faoliyati davomida Entso jamoani Konferentsiyalar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonishga olib keldi. Bu yutuqlar klubning eng yangi tarixining muhim qismi bo'lib qoladi va biz unga klub rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Jamoa hali to'rtta turnirda asosiy maqsadlarga erishishi, jumladan, Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi kerakligini inobatga olib, Entso va klub o'zgarishlar jamoaga kerakli yo'nalishga qaytish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradi, deb hisoblamoqda», - deyiladi klub bayonotida.
Mareska "Chelsi"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida klub Konferentsiyalar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.
London klubi 19 o'yindan keyin 30 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Ko'klar" barcha musobaqalardagi so'nggi to'qqizta o'yinning atigi ikkitasida g'alaba qozonishdi.
